Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi harbiy tibbiyot sohasiga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolarga vazirlik nomidan tashakkurnoma va mukofot topshirdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, akademik Vosit Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy tekshiruv markazi direktori, akademik Feruz Nazirov, respublika kardiologiya markazi direktori, O‘zbekiston qahramoni, akademik Ravshan Qurbonov va respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi bosh direktori tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyevga mudofaa vaziri nomidan tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.
Izoh (0)