Vladimir Putin Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida saylovoldi bahslarida ishtirok etmaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Putinning saylovoldi shtabidagi manbalarga ko‘ra, u o‘zining ishonchli vakillaridan debatlarda qatnashishni so‘raydi.
Shtab hamraislaridan biri, Dmitriy Rogachyov nomidagi tibbiy markaz direktori Aleksand Rumyansev ishonchli vakillar Putinning nomidan debatlarda bahsga kirishishga tayyor ekanligi, o‘zi ham “qisman buni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelishi”ni bildirdi.
Izoh (0)