17-yanvar, chorshanba kuni kechqurun Armen Jigarxanyan kutilmaganda shifoxonaga tushdi. “MK.ru” nashri bunga nima sabab bo‘lganligi haqida ma’lum qildi.
“Bu barchamiz uchun kutilmaganda sodir bo‘ldi. 17-yanvar, chorshanba kunini u teatrda o‘tkazdi. Kechqurun uyga qaytishdan avval esa kuchli holsizlik paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik va shifokorlarni chaqirdik”, — deydi aktyorning do‘sti Artur Sogomanyan.
“Shifokorlar uning yuragi yaxshi ekanligini ma’lum qildi. Ehtimol bu infeksiya tufaylidir — uning tomog‘i og‘rib, yo‘talmoqda. Vaqti-vaqti bilan chap oyog‘ida ham og‘riq yuzaga kelmoqda. Tongda tekshiruvlarni o‘tkazish boshlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Artist ahvolining yomonlashuvi uning sobiq rafiqasi Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya bayonotlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)