• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Birinchi Prezidentning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov: Islom Karimov nega xalqdan pulini zudlik bilan sarflashni so‘ragandi?

    O‘zA Birinchi Prezidentning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov xotiralarining davomini e’lon qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘shanda bizda davlat boshqaruvi tarixida kutilmagan qaltis vaziyat ro‘y berdi. Prezident hatto O‘zbekiston televideniyesi orqali chiqish qilib, “pulinglar bo‘lsa mol-jon sotib olinglar, ushlab turmanglar, sarflanglar”, deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa murojaat qildi.

    Rossiya eski pulining o‘rniga bir necha himoya vositasiga ega bo‘lgan yangi pulini chiqardi. Oldi-sotdiga joriy etildi, lekin O‘zbekistonda hali hech kimda bunday pul yo‘q edi. Odamlar qo‘lida bo‘lgan eski 50 rublliklar bir kechada kuyib ketdi. O‘shanda bozor iqtisodiyotiga o‘tishni, mustaqil ish faoliyati yuritishni endi boshlagan qanchadan-qancha odamlar qo‘lida ko‘k rangli dasta-dasta pullar faqat tandir-o‘choqda yondirishgagina yaraydigan oddiy bir qog‘ozga, “pista po‘choq”qa aylandi-qoldi.

    O‘z pulimizning yo‘qligi ish samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak, degan savol Islom Karimovga tinchlik bermay qo‘ydi. Bilasizmi, shunday murakkab bir paytda buyuk sarkarda Amir Temur yordamga keldi, desam, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Aniqroq aytganda, Sohibqironning mablag‘i tugab qolgani, hatto askarlarga beradigan nafaqa puli ham yo‘qligi haqida dunyoning qaysidir mamlakatidan chopar orqali Samarqandga yo‘llagan maktubi va unga suyukli yori, maslahatchisi Bibixonimdan kelgan javob Islom Karimovning yodiga tushdi. Buyuk Amir Temurning aqlda tengsiz, suyukli rafiqasi Bibixonimning “Amirim, ha, agar pulingiz yo‘q bo‘lsa, aqlingiz ham yo‘qmi, unga nima bo‘lgan?!” degan so‘zlari Islom akaning bu masalaga yechim topishiga katta turtki berdi.

    Shu gaplarni yozyapman-u, Islom Karimovning mustaqillikning dastlabki yilida xorijga qilgan tashriflari yodimga tushadi. Pul islohotidan bir-ikki yil burun O‘zbekiston Prezidenti avval Hindistonga, so‘ng Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Xorijiy safarga ketish arafasida delegatsiya a’zolariga “vedomost”ga qo‘l qo‘ydirib, Hindistonga bo‘ladigan uch kunlik safarga 16 dollar, Turkiyaga esa 21 dollar miqdorida xizmat safari haqi berilgan edi. Ha, haqiqatdan ham pul tanqis edi. Odatda, pul yo‘q bo‘lsa, oldi-berdi ham to‘xtaydi.

    “Pul yo‘q, xo‘sh, nima qilish kerak?”, deb boshi qotib turgan Islom Karimovning xayoliga yarq etib bir fikr keladi. Ha, puli bo‘lmasa ham ilgari so‘nggi misqoligacha Markazga jo‘natilgan, puldan ham a’loroq, butun jahon hisoblashadigan oltini bor-ku O‘zbekistonning! Lekin o‘rta asrlarda bo‘lgani kabi oltinni cho‘ntakka solib olib yurib bo‘lmasa, unga do‘kondan biror narsa xarid qilish imkonsiz, xorijiy aeroportlarda yonilg‘i uchun hisob-kitob qilib bo‘lmaydi!

    Yodimda, o‘sha paytda Islom Karimov sanoqligina rahbarlarni xonasiga yig‘ib, shunday dedi: “Muhokama qiladigan mavzuimiz juda nozik. Milliy pulimiz muammosi. O‘zimizning milliy valyutamizga o‘tish masalasi murakkab va u cho‘zilib ketayapti. Biz ikki yirik davlat bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu o‘zaro ikki tomonlama o‘ta yopiq muzokaralar bo‘lgani sababli gap shu yerda va shu xonada qolishi shart” deb biroz sukut saqladi-da, so‘ng gapida davom etdi: “Pulni bosish jarayoni deyarli tugagan, qog‘oz pullar shu davlatlar omborlarida tayyor turibdi. Faqat shu qimmatbaho qog‘ozlarga ketgan sarf-xarajat haqini to‘lab, o‘zimizning mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan va qator himoya chiziqlariga ega bo‘lgan o‘zbek milliy qog‘oz pulini O‘zbekistonga olib kelishimiz kerak. Bu bilan mustaqillikka erishish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘ygan bo‘lamiz. Biz bu davlatlar bilan o‘zbek so‘mi uchun bozor bahosida oltin bilan hisoblashamiz”.

    — Sizni, Rahim Rajabovich, — deya menga murojaat qildi Islom Abdug‘aniyevich, — shu davlatga (rivojlangan davlatlardan birining nomini aytdi), yana bir mas’ul xodimga qarab, sizni esa (endi Sharq davlatlaridan birini tilga oldi) yuborishni rejalashtirayapmiz. Bir narsada nihoyatda ehtiyot bo‘lishingizni so‘rayman. Xorijga uchayotgan samolyot Rossiyaning Ilichevsk shahrida yonilg‘i olishga to‘xtaydi, har bir aeroportda bo‘lgani kabi u yerda ham samolyotni nazorat qiladigan bojxona xizmati mavjud. Bu tomonga uchayotgan samolyot (Yaqin Sharqdagi mamlakat aeroportining nomini aytdi Islom aka) shu yerda yonilg‘i olish uchun to‘xtaydi, u yerda ham bojxona bor. Bu masalalarni tushuntirish yo‘li bilan, shovqin-suronsiz, tinchgina hal qilmoq kerak.

    Albatta, kutilmagan bu topshiriqdan avvaliga sarosimaga tushib qoldim. Shunday bo‘lsa-da, xonasida, odamlar oldida e’tiroz bildirganim yo‘q. Lekin, yig‘ilishdan keyin Islom Karimov xonasiga kirib:

    — Islom aka, men temir-tersakni bilaman, zavod-fabrikani bilaman, ana boring, qurilishning ham uddasidan chiqishim mumkin. Buning ustiga men ingliz tilini bilmasam, bunaqa operatsiyalarga umuman uquvim ham yo‘q, — deya bunday murakkab va nozik topshiriqdan meni ozod qilishini so‘radim.

    Islom akaning qattiq jahli chiqdi va menga qarab:

    — Ha qo‘rqoq, yana davlat kotibi emish-a, — deb baland ovozda gapirib tashladi.

    Chidadim, nima ham qilishim mumkin edi? Milliy valyuta masalasi nihoyatda muhim, uni zudlik bilan joriy etish kerak. Keyin Prezident kimningdir manfaatini emas, xalq manfaatini, davlat manfaatini o‘ylab ish qilayapti. Lekin, keyin ma’lum bo‘lishicha, qaysidir bir aeroportda samolyotimiz ushlangan. Tillolar hibsga olingan. Maxsus xalqaro komissiya barchasini tekshirgan. Tahlil qilib ko‘rilgach, bu tadbirda hech kimning qora bir niyati, shaxsiy manfaati yo‘qligi sababli va bu operatsiya endi mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalq manfaati va jahon xaritasida yangi paydo bo‘lgan yosh davlatning bir martalik tadbiri ekani kabi asl sabablari tushuntirilgach, muammo diplomatik va yuridik yo‘l bilan hal qilindi. Balki shu paytlarda “zulmat saltanati” deb yuritiladigan Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqanimiz ham yordam bergan bo‘lsa, ajabmas.

    Ha, albatta, davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish, keyin uning oyoqqa turishi hech qachon oson bo‘lmagan. Endigina mustaqillik nashidasini surayotgan qariyb 22 millionli O‘zbekiston xalqini har kuni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa hayotiy zarur vositalar bilan ta’minlash kerak. Do‘konlar, bozor rastalari bo‘m-bo‘sh. Axir, ishchilarga maosh, pensionerlarga nafaqa, talabalarga stipendiya berish, qo‘yingki, jamiyatda, insonlar orasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarning qariyb barchasi pul orqali amalga oshiriladi. Biz esa 3-4 yildan buyon boshqa davlat puli bilan yashar, moliyaviy faoliyat yuritar edik.

    Shunday bir vaziyatda Islom Karimovning tashabbusi va g‘ayrati bilan hukumat va moliya vazirligi xodimlarining hatti-harakatini haqiqiy jasorat, desa bo‘ladi. Bu ishda shu paytdagi rahbarlarning mustaqil O‘zbekistonga bo‘lgan mehri, vatanparvarligi, milliy g‘oyaga sodiqligi va insoniy pokligi ularni ruhlantirar, dadil harakatlarga chorlar edi. Va, ana shu muhim, qaltis, lekin qilinishi muqarrar bo‘lgan ish amalga oshdi.

    Shunday qilib, mustaqil O‘zbekiston o‘z puliga ega bo‘ldi. Lekin bu hali haqiqiy milliy valyuta emas, vaqtinchalik pul qog‘ozlari edi, xolos. Xudoga ming qatla shukurlar bo‘lsinki, hozir mana O‘zbekiston o‘z tangasiga, boshqa pul birliklariga nisbatan qadr-qimmati belgilangan, yaxshi himoyalangan qog‘oz pullariga, davlat g‘aznaxonasiga, zamonaviy pul bosish korxonalariga, yuzlab banklariga ega.

    18.01.2018, 09:56   Izoh (0)   62632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi

    18.01.2018, 09:43

    Imom Buxoriy majmuasidan Qur’on musobaqasi onlayn tarzda uzatiladi

    18.01.2018, 09:39

    Shavkat Mirziyoyev: Hozirda loyihalashtirish institutlarining maqsadi loyiha qiymatini baland ko‘rsatib, undan foyda olish bo‘lib qolgan

    18.01.2018, 09:22

    Shov-shuvlar sababchisi: O‘zbekistonda ingliz va rus tillarini faqat eshitish orqali o‘rganish yo‘lga qo‘yildi

    18.01.2018, 09:12

    Shavkat Mirziyoyev investitsiya dasturlarini shakllantirishning yangi tartibiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

    18.01.2018, 09:08

    Madina va Azizbek 2017-yilda O‘zbekistonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi

    18.01.2018, 09:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Livandagi qishloqda xo‘roz boqish taqiqlandi

    Dunyo | 30 iyun, 13:31

    “Prezident Sadir Japarov uch kundan buyon samolyotda uxlamoqda” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 30 iyun, 13:22

    Ronaldu: “Murabbiylik men uchun emas”

    Sport | 30 iyun, 13:04

    “Yoshlarimizga hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish burchimizga aylangan” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 30 iyun, 12:57

    “ ‘Forsaj’ning yakuniy qismida marhum aktyor Pol Uoker qaytadi” — Vin Dizel

    Kino | 30 iyun, 12:40

    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

    Reklama | 30 iyun, 12:00

    Eron 9 ta atom bombasi uchun yetarli uran zaxirasini yashirgan bo‘lishi mumkin — Reuters

    Dunyo | 30 iyun, 12:10

    Pokistonda sel va kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘lganlar 32 nafarga yetdi

    Dunyo | 30 iyun, 11:56

    Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 11:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.