Shu yilning 6—18-oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada bellashuvlari start oladi. Unda ishtirok etish niyatida bo‘lgan o‘zbekistonlik kurashchilar 2018-yilgi yurishni boshladi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.
Olimpiadaga litsenziya beruvchi musobaqa 10—13-may kunlari poytaxt Toshkentda o‘tkaziladi. Demak, o‘zbekistonlik sportchilarda iloji boricha ko‘proq yo‘llanmaga ega bo‘lish imkoniyati yuqori. Sportchilar may oyidagi qit’a chempionatiga tayyorgarlik doirasida Bokudagi Mushvig Isayev xalqaro turnirida ishtirok etdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya va Ozarbayjon sportchilari ham gilamga chiqqani aytilgan.
Izoh (0)