O‘zbekiston MXX va bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida eskirgan, o‘lgan qoramol go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.
Ular 10 yil davomida Qashqadaryodan olib kelingan yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini Toshkent bozorlaridagi savdo rastalariga, shuningdek, go‘sht–kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib bergan. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalida maxsus lavha efirga uzatildi.
Aniqlanishicha, Bahrom Haydarov boshchiligidagi guruh Qashqadaryo viloyatidagi zararlangan go‘shtning kilosini 10—15 ming so‘mdan sotib olib, ishlov berilgandan so‘ng 25—30 ming so‘mdan sotgan. Xususan, Toshkentning bir nechta savdo markazlari, Eski jo‘va bozori, “Asl ta’m sifati” korxonasi, xususiy tadbirkor Husan Mo‘minov somsaxonasi va bir nechta go‘sht rastalarida sotilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)