Agar uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin ko‘rinishingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa, bu hiylalar sizga bir lahzada odam qiyofasini qaytarishga yordam beradi.

Foto: “Woman.ru”

  1. Kontrast dush — hammaga ma’lum bo‘lgan va har doimgidek samarali vosita. Issiq suvni sovuq suv bilan galma-gal almashtirib turing: shunday qilsangiz, siz o‘zingizga tetiklikni, teringizga esa sog‘lom rangni qaytarasiz.
  2. Agar dush qabul qilishning imkoniyati bo‘lmasa, qo‘llaringizni navbati bilan issiq va sovuq suvda yuvib ko‘ring. Bu ham bardamlikni ta’minlaydi.
  3. Bardam ko‘rinish va qizargan ko‘zlar bir-biriga unchalik mos tushmaydi. Ko‘zingiz uchun maxsus tomchilar sotib oling, ular qizarishni kamaytiradi.
  4. Uy sharoitida ko‘z atrofidagi qoramtir dog‘larni ketkazish uchun choy paketchalaridan foydalaning. Ularni qaynoq suvli idishga soling, biroz soviting, keyin esa 10 daqiqa ko‘zlaringiz ustiga qo‘yib turing.
  5. Ko‘z ostidagi shishlar bilan kurashish uchun qoshiqlardan ham foydalanish mumkin. Ularni 10 daqiqa muzlatkich ichiga qo‘ying, keyin muammoli joylarga qo‘ying.
  6. Skrabdan foydalaning. U terini o‘lik hujayralardan tozalaydi va yuzingizga sog‘lom ko‘rinish beradi.
  7. Yuzingizga krem suring. Eng yaxshi variant — namlovchi vosita, lekin uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin har qanday krem ham bo‘laveradi.
  8. Yuzingizni muz bo‘lagi bilan arting. Sovuq muz teriga qon kelishini ta’minlaydi va yuzingiz ancha bardamroq ko‘rina boshlaydi.
  9. Tishlarni qatlamlardan tozalang. Uy sharoitida buni aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkasi yordamida bajarish mumkin. Uni cho‘tka ustiga qo‘ying va tishlaringizni odatdagidek tozalang.
  10. Go‘zallikning orqasidan quvish davomida nafasingizning tozaligi haqida unutib qo‘ymang. Oqsilga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar bilan nonushta qiling, tabiiy xushbo‘y hid beruvchilar — petrushka yoki qahva donlarini chaynang.

Manba: “Woman.ru”