Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Unga ko‘ra, shu yil 1-mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Mazkur hujjatda prokuratura organlarining yagona majmuasini (o‘quv binolari, sport-sog‘lomlashtirish inshootlari va hokazo) qurish; prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish; o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o‘qitish va mustaqil ta’lim, interfaol va vaziyat mashg‘ulotlari, treninglar o‘tkazishni keng joriy etish; qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi