Hindistonning Emmay Entertainment prodyuserlik kompaniyasi va StarTV telekanali Mirzo Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti.
O‘rta asrning yetakchi adibi va buyuk shoir, mohir sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar (Humoyun, Akbar, Jahongir, Avrangzeb) haqidagi ushbu kartina ko‘p qism — 6 fasldan iborat tarixiy film bo‘lishi kutilmoqda.
Emmay Entertainment kompaniyasi vakillari filmning ma’lum qismlarini, xususan Boburning bolalik hamda Samarqand va Kobul shaharlaridagi hukmronlik davrlariga oid sahnalarni aynan O‘zbekistonda tasvirga olishga qiziqish bildirmoqda.
Ushbu masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlarning joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Izoh (0)