2018-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda mobil aloqa foydalanuvchilari soniga aniqlik kiritildi.
2017-yil davomida mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22,8 millionga yetdi.
O‘tgan yili raqamli televideniye qamrovi 88 foizdan 100 foizgacha yetkazildi. Axborot texnologiyalari sohasida 7,7 trillion so‘mlik yoki 2016-yilga nisbatan 26 foizga ko‘p xizmat ko‘rsatildi. Investitsiya dasturi doirasida 260 million dollar o‘zlashtirildi.
Izoh (0)