AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli BMT Xavfsizlik Kengashining majlisida Eron hukumatini butun dunyo ularning mamlakatda sodir bo‘layotgan noroziliklarga qarshi harakatlarini kuzatayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Eron rejimi ‘nazorat ostida’: qilayotgan ishlaringizni butun dunyo ko‘radi”, — dedi Xeyli.
Uning ta’kidlashicha, “amerikaliklarni hech nima to‘xtata olmaydi, ular o‘zining xalqaro birdamligini namoyish etaveradi”.
“Tashkilotimizning asosiy tamoyillari biror narsani anglatgudek bo‘lsa, biz bu jinoyatda ishtirok etmaymiz, ammo vaziyatni hal qilamiz”, — deydi doimiy vakil.
Shuningdek, u Tehronni “xalqning ovozini chegaralashni to‘xtatishga va internetga kirishni qayta tiklashga” chaqirdi.
Eronda o‘tgan hafta norozilik aksiyalari boshlangan bo‘lib, uning ishtirokchilari mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga, shuningdek, mamlakat rahbariyatiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy fuqarolarni tinchlanishga chaqirdi.
Izoh (0)