Kongo poytaxti Kinshasada yuz bergan suv toshqini oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Shaharda 3-yanvardan 4-yanvarga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli yomg‘ir suv toshqinini keltirib chiqargan.
“Hozirgi vaqtda Ngalyemada 13 kishi, Bandalyunvada besh kishi, Baryumbyuda bir kishi, Limetada to‘rt kishi, Selembaoda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot mavjud”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu dastlabki raqamlar. Hozirda shaharning boshqa hududlarida ham qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)