Kanada va AQSh o‘rtasidan oqib o‘tuvchi Sent-Lourens daryosida kichik bir orol joylashgan bo‘lib, unda birgina oila istiqomat qiladi. Just Room Enough Island nomini olgan ushbu hudud odamlar istiqomat qiladigan dunyodagi eng mitti orol hisoblanadi, deb xabar berdi Forum Daily.
Orol 1950-yilda Sizlendlar oilasi tomonidan sotib olingan, ular orolda yozgi uyni qurishni rejalashtirgan. Orolda birgina uy, bitta daraxt va butalar, shuningdek, atrofdagi suvlarni tomosha qilish imkonini beruvchi stullar joylashgan.
Izoh (0)