Fransiyada Yangi yil oqshomida 1 031 ta avtomobilga o‘t qo‘yildi. Bu haqda mamlakat IIV xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ko‘rsatilgan raqam o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan yuqori ekanligi ta’kidlanmoqda.
“Har yilgidek ba’zi tartibsizliklarni qayd etamiz: 1 031 ta mashina yoqib yuborilgan... Bu ko‘rsatkich 2012 va 2013-yilgi ko‘rsatkichlardan kamroq (1 193 va 1 067), biroq o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (935) biroz yuqori”, — deya ma’lum qiladi boshqarma.
Bayram oqshomi yakunlariga ko‘ra, 510 kishi hibsga olingan, bu ham o‘tgan yili qo‘lga olinganlardan ko‘proq.
Jamoatchilik tartibining buzilishiga qarshilik ko‘rsata turib sakkiz nafar politsiya xodimi va uch nafar harbiy xizmatchi turli darajada jarohatlanganligi ta’kidlanadi.
Yangi yil oqshomida jami 140 ming fransuz politsiyachisi, jandarm, harbiy xizmatchi, o‘t o‘chiruvchi va boshqa qutqaruv birlashmalari vakillari xizmatda bo‘ldi.
Izoh (0)