• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev televideniye va internet orqali O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘lladi. Tabrik markaziy telekanallar efirida, shuningdek, davlat rahbarining Facebook’dagi sahifasi orqali namoyish etildi.

    Kadr: “O‘zbekiston” telekanali

    Kadr: “O‘zbekiston” telekanali

    Tabrik ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida yangradi.

    O‘z tabrigida davlat rahbari o‘tgan yil sarhisobini qildi, shuningdek, yangi yil rejalari haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

    Shuningdek, u o‘zbekistonliklarni bayram bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tiladi.

    Aziz va muhtaram vatandoshlar!

    Qadrli do‘stlar!

    Jonajon Vatanimizga Yangi — 2018-yil kirib kelmoqda.

    Siz azizlarni, mo‘tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklayman.

    Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

    Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali bo‘ldi.

    Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

    Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017-yilni barcha sohalarda yorug‘ yuz bilan yakunlashga erishdik.

    Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati o‘zgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

    Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bo‘lmoqda.

    Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, g‘oyatda samarali bo‘ldi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

    Bu esa mintaqamizda o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Biz bu strategik yo‘lni 2018 yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

    Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

    Aziz yurtdoshlar!

    Biz Yangi — 2018-yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

    Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va g‘oyalar asosida barpo etamiz.

    Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir.

    Shu ma’noda 2018-yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

    Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

    Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.

    Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta e’tibor qaratamiz.

    Ishonaman, 2018-yilda barchamiz birgalikda, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

    Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

    Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi – 2018 yilga qadam qo‘ymoqdamiz.

    Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

    Barchangizga dunyodagi eng katta baxt — oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini ko‘rish nasib etsin!

    Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

    Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

    01.01.2018, 00:01   Izoh (0)   39899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandlik fermer bir tup shaftolida 3 xil meva yetishtirdi

    31.12.2017, 22:11

    Bayram kunlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyotlarida uchish 50 foizgacha arzonlashdi

    31.12.2017, 20:50

    Namangan viloyatida 1300 dan oshiq ehtiyojmand oilaga maishiy texnika jihozlari topshirildi

    31.12.2017, 20:35

    Toshkentda profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va avtomobillar topshirish marosimining yakuniy bosqichi o‘tkazildi

    31.12.2017, 19:21

    Bloomberg: O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasi xorijiy sarmoyadorlar uchun eng muammoli masala edi

    31.12.2017, 16:05

    Nukusda 48 xonadonga mo‘ljallangan “Yoshlar uyi” foydalanishga topshirildi

    31.12.2017, 11:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45

    Sirdaryoda Lacetti va avtobus to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 22:35

    Sun’iy intellekt shantaj qilish, yolg‘on gapirish, fitna uyushtirish va hatto tahdid qilishni o‘rganib oldi

    Layfstayl | 30 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.