Mariya va Lyusi
Britaniyalik bu egizaklar hammaning e’tiborini o‘ziga tortishi turgan gap, chunki ulardan biri oq, ikkinchisi esa — qora tanli.
Egiz qizaloqlar 1997-yilda dunyo kelgan. Qizaloqlarning otasi ingliz millatiga mansub, onasi esa yamaykalik. Ayrim tashkilotlarida ularning egizak ekanligiga ishonmasdan, qarindoshligini isbotlovchi hujjatlarni ko‘rsatishini talab qilishadi.
Opa-singil atrofdagilar ularni qarindosh emas, balki dugona deb o‘ylashiga ko‘nikib qolgan.
Biz bir xil kiyingan vaqtimizda ham oddiy opa-singil deb o‘ylashmaydi, chunki men oq tanliman, Mariya esa — qora tanli. Egizak ekanligimizga esa hech kim ishonmaydi.Lyusi, turli irqdagi egizaklardan biri
Mariya o‘z onasi — Donna Duglas bu egizak farzandlarini birinchi marta ko‘rganida qanday ahvolga tushgani haqida so‘zlab berdi.
Onam uchun bu haqiqiy shok bo‘lgan, chunki tug‘uruqdan avval bolaning tanasi qanday rangda ekanini bilib bo‘lmaydi. U bizning turlicha ekanligimizni xayoliga ham keltirmagan. Hamshira ayol bizlarni unga birinchi marta ko‘rsatgan paytda, u hayratdan yoqa ushlab qolgan.Mariya, egizaklardan biri
Lyusining aytishicha, egizaklar bir-biriga o‘xshamasligining foydali tomonlari ham bor.
O‘zingga o‘xshamas egizagingni bo‘lishi ajoyib holat. Axir boshqalar bir-biriga o‘xshaydigan egizaklarni doim adashtirib qo‘yishadi. Bizni esa bir-birimizga o‘xshashga harakat qilgan taqdirimizda ham adashtirib bo‘lmaydi.Lyusi, egizaklardan biri
Jeyms va Daniyel
Bir-biriga o‘xshamas egizaklarning yana biri — Jeyms va Daniyel Kellidir.Kun va tun kabi bir-biridan farq qiluvchi egizaklarning yoshi orasidagi oraliq ikki daqiqa, xolos.
Egizaklarning ota-onalari Errol va Alison Kelli ham turli irqqa mansub. Ular uchun egizaklar bir xil yo‘nalishda, lekin turli samolyotda harakatlanayotgan ikki mexanizm o‘xshaydi.
Daniyel juda tartibli yigit. Kollejda ham boshqalardan yaxshi bo‘lishga, a’lo o‘qishga harakat qilgan. Jeyms esa hissiyotlarga to‘la yigit. Unga velosipedda sayr qilish bo‘lsa bo‘ldi ediEgizaklarning onasi Elison Kelli aytishicha, ulardan biri siyohrang tanli, ikkinchisi esa qizil bo‘lganida ham, farzandlarini xuddi hozirgidek suygan bo‘lardi.Erol Kelli, egizaklarning otasi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)