O‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tgan rapid hamda blits yo‘nalishidagi shaxmat bo‘yicha Jahon Chempionatida 40 talikka ham kira olmadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Saudiyada ayol grossmeysterlar ro‘mol o‘rashi shart emas. Qatar va Eron shaxmatchilariga viza bor, Isroilga esa yo‘q
Jahonning 17-chempioni sifatida tarixga kirgan Qosimjonov 21 imkoniyatdan 11,5 ochko jamg‘ardi. Bunday ko‘rsatkich qayd etgan sportchilar 41—47-o‘rinlarni band etdi.Norvegiyalik Magnus Karlsen esa 21 imkoniyatdan 16 ochko jamg‘arishga erishib, Saudiyadagi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U klassik yo‘nalishda ham dunyoning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Saudiyada ikkinchi o‘rin rossiyalik Sergey Karyakinga nasib qildi. U jami 14,5 ochko jamg‘ardi. Hindistonlik Vishvanatan Anand esa chempionatni kuchli uchlikda yakunladi.
Avvalroq Saudiyadagi Jahon Chempionati mukofot jamg‘armasi bo‘yicha tarixdagi eng baland ko‘rsatkichni qayd etgani borasida xabar chiqqandi. Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi turnir g‘olibi 1 million 250 ming dollar AQSh dollarini qo‘lga kiritishi kerak edi.
Izoh (0)