Suriyadagi fuqarolik urushi davomida 2017-yili 39 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Shulardan 2100 nafari bolalar, salkam 1500 nafari ayollardir, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashiga (SOHR) ko‘ra, oxirgi 12 oy mobaynida salkam 3 ming hukumat armiyasi harbiysi va 7500 nafar tuzum dushmani, asosan IShID va “Jabhat fath ash-Shom” tarafdorlari o‘ldirildi.
2001-yili boshlangan urush bugungi kungacha deyarli yarim million suriyalikning umriga zomin bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)