Isroil Harbiy-havo kuchlari Suriyaning Golan tepaliklaridagi harbiy obyektiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Livanning El-Nashra agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havo kuchlari Qunaytra hududiga raketa zarbalarni amalga oshirgan.
“Isroil Harbiy-havo kuchlarining hujumi oqibatida hech kim halok bo‘lmadi”, — deyiladi xabarda.
Isroil armiyasi vaqti-vaqti bilan Suriya qo‘shinlari joylashgan pozitsiyalar tomon zarba bermoqda. Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, dekabr oyining boshida Suriya havo mudofaasi Isroil tomonidan uchirilgan rekatalarni bartaraf etgan. Damashq ushbu mojaroni “yashirin bo‘lmagan hujum” deya nomladi. Isroil OAVlari esa hujumdan maqsad — Eron harbiy bazalari ekanligini ta’kidlagan.
Oradan ikki kun o‘tgach, Suriya OAVlari havo mudofaasi kuchlari Isroilning yana bir zarbasini qaytargani, nishon Damashqdagi ilmiy tadqiqot markazi bo‘lganini xabar bergandi.
Izoh (0)