22-dekabr kuni ertalab noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yopilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti odatiy tartibda ishlay boshladi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.
“Toshkent aeroportining ishini to‘xtatgan tuman tarqaldi. Samolyotlarning kirib kelishi va uchib ketishi odatdagi rejimda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Samarqandga yo‘naltirib yuborilgan Frankfurt, Buxoro va Nukus reyslari Toshkent aeroportiga uchib keladi.
Izoh (0)