Shimoliy Koreya TIV AQSh rasmiylarining Pxenyan butun dunyo bo‘ylab keng ko‘lamli kiberhujumlar uchun javobgar ekanligi haqidagi ayblovini rad etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bizning kiberhujumlarga hech qanday aloqamiz yo‘qligini ko‘p bor ta’kidlaganmiz. Har gal AQSh tomonidan bunday mantiqsiz ayblovlarga javob berishga burchli emasmiz. Ular jiddiy fitna bo‘lib, Shimoliy Koreya bunga toqat qilish niyatida emas”, — deyiladi TIV bayonotida.
Oq uyning ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tom Bossert The Wall Street Journal nashrida chop etilgan maqolasida KXDR butun dunyo bo‘ylab WannaCry virusini qo‘llagan holda amalga oshirilgan xakerlik hujumlari uchun bevosita aybdor ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)