AQShning Texas shtatidagi San-Antonio shahrida yashovchi Mett Jonson do‘stining uyini “Yulduzlar jangi” uslubida chiroqlar bilan bezadi. U bu bezakni filmning yangi qismi chiqishiga bag‘ishladi. TJournal mazkur uy aks etgan videoni taqdim etdi.
Bezaklarni tayyorlash uchun bir yil ketgan, ularni uyga o‘rnatish uchun esa olti hafta sarflangan. Bezak Yangi yilgacha har kuni soat 18:00 dan 22:00 gacha ishlaydi.
Izoh (0)