Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-dekabr kuni bergan katta matbuot anjumani chog‘ida amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muloqot chog‘ida ular bir-birining ismini aytib chaqirishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, ingliz tilida “sen” va “siz” olmoshlari o‘rtasida farq bo‘lganida, ular hozirda bir-biriga “sen”lab murojaat etgan bo‘lardi.
“Bir janob Tramp bilan bir-birimizga ismimizni aytib murojaat etamiz, shuning uchun ‘sen’lab gapiramizmi, yo‘qmi, ayta olmayman. Javobim ‘ha’ga yaqinroq, negaki, ko‘p tanish bo‘lmasak ham, umuman olganda, munosabatimiz yaxshi”, — deb javob berdi Putin bu haqdagi savolga.
Putin ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi.
Izoh (0)