Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Varq massivida 2012—2013-yillarda namunaviy loyihalar asosida 180 ta turar-joy qurib bitkazilgan. Bu uylarda aholi bor-yo‘g‘i 4—5 yildan buyon yashayotgan bo‘lsa-da, devorlari nurab, pollari cho‘kib bo‘lgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy agentligi (O‘zA).
“Mazkur turar joylar o‘z vaqtida sifat nazoratidan to‘laqonli o‘tkazilganida bugungiday ahvol ro‘y bermas edi. Shuningdek, uylar yonidan o‘tgan zovur qamishzorga aylangani bois yerosti sizot suvlari oqishga o‘zan topolmay, istalgan joyni o‘pirib chiqmoqda. Uy egalari kredit to‘lash va tobora xarobaga aylanayotgan uy-joyini ta’mirlashdan orttirib, zovur tozalashu maxsus quduqlar qazdirishga imkon topolmayapti. Bu uylarning ahvoli to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yoritilgan bo‘lsa-da, afsus, mutasaddilar hamon jim”, — deb yozadi O‘zA.
Isitish tizimi ham talabga javob bermaydi. Qozonxonani almashtirib, quvurlarni qayta ulab, isitishni yo‘lga qo‘ydik. Biroq, qurilish ishlari sifatsiz bajarilgani, xususan, sement o‘rniga tuproq ishlatilgani bois devorlar “tegma, to‘kilaman”, deb turibdi.Bahriddin Toshpo‘latov, massivda istiqomat qiluvchi fuqaro
Izoh (0)