• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Dunyodagi eng qadimiy 14 masjid (fotogalereya)

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portalida dunyodagi eng qadimiy masjidlar sanab o‘tildi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Masjidul Harom” Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan hamda musulmonlar ibodat qilishlari uchun barpo etilgan ilk masjiddir. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yer yuzida qurilgan ilk masjid qaysi?” deb so‘radim. “Masjidul Harom”, deya javob berdilar. “Keyin qaysi biri?” dedim. “Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

    Mazkur masjidda qon to‘kish va boshqa gunoh ishlar harom qilingani bois shunday nom bilan atalgan. Masjidning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

     “Masjidul Aqso”. “Uzoqdagi masjid” ma’nosini anglatuvchi mazkur jome Quddusi sharifda, Sulaymon alayhissalom tomonlaridan qurilgan. Islomdan ilgari arablar, keyin musulmonlar unga qibla sifatida yuzlanib ibodat qilishgan. Hijratning ikkinchi yilida Qur’oni karim hukmi bilan musulmonlar qibla sifatida Makkadagi Ka’baga qarab namoz o‘qiy boshlashgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Faqat ushbu uch masjid sari qasd qilib yo‘lga chiqiladi: Masjidul Harom, mening masjidim va Masjidul Aqso”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Qubo” masjidi. Islom tarixida ilk qurilgan masjid.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidi qiblasi poydevoriga asos solganlar. Masjid qurilib bitkazilgach, jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar. Qubo masjidi Madinai munavvaraning janubiy-g‘arbiy qismida, harami nabaviydan 3–5 km uzoqlikda joylashgan.

    Qubo masjidi hijriy 435-yilida Abu Ya’lo Husayniy, hijriy 555-yilida Jamoliddin Isfahoniy tomonidan yangiladi. hijriy 877-yilida Qubo masjidi minorasi qulab tushdi, hijriy 881-yilida Sulton Qaytboy Masjidi Nabaviyni ta’mirlagan paytida, Qubo masjidi minorasini ham yangiladi. Ma’lum qilinishicha, Usmoniylar hukmdori Sulton Mahmudxon hijriy 1240-yilida Qubo masjidini qaytadan ta’mirladi. Shuningdek, jomeda Usmoniylar hukmronligi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlari olib borildi.

    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki uyida tahorat olib, Qubo masjidiga borsa va unda ikki rakat namoz o‘qisa, umra qilganning ajrini oladi”, deganlar.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Masjidun Nabaviy”. Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan.  Masjid o‘rnini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘n dinorga sotib olganlar va masjid qurilishida sahobalarga bosh bo‘lib, shaxsan o‘zlari ishtirok etganlar. Masjid binosi xom g‘ishtdan, shifti xurmo shoxi, ustunlari esa xurmo yog‘ochidan bino qilingan. Yomg‘ir yog‘sa shiftdan suv o‘tib, sajda qilgan odamning peshonasi loy bo‘lar edi. Jome keyinchalik hazrat Umar va Usmon roziyallohu anhum hamda keyingi xalifa, podshohlar tomonidan bir necha bor ta’mirlanib, kengaytirilgan.

    Masjidning bir yuz besh metrli ikkita, yetmish besh metrli to‘rtta minorasi, 400 dan ortiq ustuni, 6800 ta qandili, ziyoratchilarni quyoshning jazirama nurlaridan to‘sib turuvchi ochilib-yopiladigan katta soyabonlari majmuaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Kunduzi quyosh nuridan majmua qum rangida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrlari joylashgan hujra gumbazi esa yashil rangda tovlanadi.

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ushbu masjiddagi namoz undan boshqalardagi mingta namozdan afzaldir. Masjidul Harom bundan mustasno”, dedilar.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Qiblatayn” masjidi. Hijratning ikkinchi yili, rajab oyining o‘rtalari, dushanba kuni edi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Bani Salama yurtida peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab o‘qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o‘zgargani haqida vahiy keldi. Ikkinchi rakat oxirlab qolgan edi. Musulmonlarga Makkadan Masjidi Haramga tomon qarash amri tushdi. Rasuli akram o‘sha zahotiyoq yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. Jamoat ham saf bo‘lib birga burildi.

    Yangi qibla tomon burilib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni Masjidi Haramga qarab o‘qib, namozni tugatdilar. Shu sababdan Bani Salama masjidi ikki qiblali masjid ma’nosida “Masjidul Qiblatayn” degan nom oldi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Chiraman juma” jome masjidi (Hindiston). Hijriy 629-yil Molik ibn Dinor roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Molik ibn Dinor roziyallohu anhu Hindistonga kelgan ilk musulmonlardan hisoblanadi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Xuayshen” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 630-yil Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tomonlaridan bunyod etilgan. 1695-yil qayta qurilgan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Kufa” jome masjidi (Iroq). VII asrda qurilgan. 2010-yil qayta ta’mirlangan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Uqba” jome masjidi (Tunis). Shuningdek, “Qayruan” jome masjidi nomi bilan ham mashhur. Taxminan hijriy 670-yili Uqba ibn Nafiy roziyallohu anhu tomonlaridan barpo etilgan. Masjidning minorasi bugungi kungacha yetib kelgan dunyodagi eng qadimiy  minoralardan hisoblanadi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Aleppo” jome masjidi (Suriya). Umaviylar hukmronligi davrida VIII asrda bunyod etilgan. 2003-yil masjid hovlisi va minorasi ta’mirlangan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Umaviylar” jome masjidi (Suriya). Hijriy 715-yil qurilgan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Zaytuna” jome masjidi (Tunis). Hijriy 731-yil barpo etilgan. Mazkur jome huzurida eng qadimiy Islom universitetlaridan biri ham joylashgan. Oliygohda dunyoning turli burchaklaridan talabalar kelib tahsil olishgan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Sina” jome masjidi (Xitoy). Hijriy 742-yil qurilgan. Masjid Xitoy me’morchiligi asosida qad ko‘targan. Bir necha marta qayta ta’mirlangan.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    “Juma” jome masjidi (Ozarbayjon). Hijriy 743-yilda Abu Muslim rahmatullohi alayh tomonidan bunyod etilgan.

    14.12.2017, 09:02   Izoh (0)   66577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yashab qolish uchun suzish: suriyalik qochoq sportchi Yusra Mardinining hayratlanarli hayoti

    Layfstayl | 14 iyul, 10:50

    Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari uchun O‘zbekistonga keldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:46

    Turkiyadagi yirik fermer xo‘jaliklariga o‘zbekistonliklar ishga jalb etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 14 iyul, 10:32

    Tramp Ukrainaga Patriot raketalarini yuborishini maʼlum qildi

    Dunyo | 14 iyul, 10:15

    “Chelsi” Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozonib, qancha mukofot puli ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 14 iyul, 10:00

    Quyosh panellaridan yasalgan eng katta devoriy rasm Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

    Layfstayl | 14 iyul, 09:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.