Dog‘istonning Qizilyurt tumanida politsiyachilarga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Voqea vokzal oldidagi maydonda 26-noyabr kuni ro‘y berdi. Noma’lum shaxs politsiyachiga pichoq bilan bir necha marta zarba berdi. Yaradorning xizmatdoshi jinoyatchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. U to‘pponchadan havoga o‘q uzdi, so‘ng jinoyatchini yaraladi. Ikki jabrlanuvchi ham shifoxonaga yotqizildi.
Hujum uyushtirgan kishining shaxsi aniqlandi. U shu tumanning Chontaul qishlog‘ida istiqomat qiluvchi, 1988-yili tug‘ilgan Zalim Umayev bo‘lib chiqdi. Muqaddam uning uyida tintuv o‘tkazilgan, u yerdan granata va o‘q-dori topilgan edi.
Izoh (0)