• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Go‘zallik

    Yuz terisini yoshartiruvchi niqoblar

    Vaqt o‘tishi bilan teri hujayralari terining tarangligini ta’minlab turuvchi kollagen va elastinni yetarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi. Shu tufayli yuz yosh va tiniq ko‘rinishga ega bo‘lmay qoladi. Bu aynan necha yoshda sodir bo‘lishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bunga irsiy xususiyatlar, ishlash va yashash shroitlari, ovqatlanish tartibi, hayot tarzi, terini parvarishlab borish va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi ayollar 35—40 yoshlarida ham tiniq yuz terisiga ega bo‘lsa, boshqalar 25 yoshlaridayoq yuzida o‘zgarish bo‘layotganini sezishi mumkin. Biroq terini parvarishlashni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul, shunda o‘zingiz istamagan o‘zgarishlar unchalik sezilarli bo‘lmaydi.

    Foto: “Woman.ru”

    Foto: “Woman.ru”

    Uy sharoitida yuzni parvarish qilishning eng oson va shu bilan birga, samarali usuli niqoblardir. Xo‘sh, niqoblar nimalardan tayyorlanishi mumkin va ular qanday xususiyatga ega. Quyida bunday niqoblarda qo‘llaniladigan ba’zi mahsulotlarni va ular teriga ko‘rsatadigan samaralarni sanab o‘tamiz.

    1. Asal — vitaminlarning haqiqiy xazinasidir. U terini tozalaydi va oziqlantiradi.
    2. Xantal epidermis (terining tashqi qavati)ga surilganida, uning hujayralari qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvi ham yo‘lga tushadi, natijada elastin va kollagen ishlab chiqarila boshlaydi.
    3. Xom tuxum — teridagi teshikchalarni toraytirish bilan birga, ulardagi ortiqcha narsalarni chiqarib tashlaydi. U, shuningdek, namlantiruvchi xususiyatga ham ega.
    4. Smetana, qatiqdagi kislotalar epidermisning qotib ketgan hujayralarini yo‘q qiladi, shuningdek, ushbu mahsulotlar terini oziqlantiradi va namlantiradi.
    5. Kosmetik gil (glina)teridagi yallig‘lanishni ketkizadi, uni namlantiradi va unga elastiklikni qaytaradi.
    6. Bodring ham yallig‘lanishni yo‘q qiladi, terini taranglashtiradi va uni yangilaydi.
    7. Kartoshka yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, uning sharbati terini tiniqlashtiradi va oziqlantiradi.
    8. Meva kislotalari ko‘pincha pilinglar tarkibiga kiritiladi, bunday pilinglar yuzning eskirgan va o‘lik hujayralarini yo‘q qilib, uni yangilaydi.
    9. Xamirturush — teri holatiga ta’sir ko‘rsata oladigan tirik organizmlardir.
    10. Gerkules (suli yormasi) terining dag‘al bo‘lib qolgan hujayralarini ketkizib, shu bilan birvaqtda epidermisni namlantiradi va yumshatadi.
    11. Tabiiy moylar so‘lg‘in va quruq teri uchun eng yaxshi namlantiruvchidir. Bundan tashqari, ularning tarkibidagi E vitamini epidermis hujayralarining normal ishlashi uchun zarur.
    Niqob surishning asosiy bosqichlari

    Uy sharoitida yoshartiruvchi niqoblar yuzga quyidagi tarzda suriladi:

    1. Dastlab teri tozalanadi. Yuzingizni yuving, so‘ng losyon yordamida tozalang. Yumshoq skrab bilan yumshoq piling qilish ham mumkin.
    2. Yuzdagi teshikchalar ochilib, niqob tarkibidagi moddalar teriga yaxshiroq singishi uchun yuzni bug‘lab yumshatgan ma’qul. Buning uchun qaynoq vanna qabul qiling yoki yuzingizni qaynoq suv solingan idish og‘ziga tutib turing.
    3. Endi niqobni surish mumkin. Vaqtni belgilang va bo‘shashing.
    4. Niqobni yuvib tashlashga kirishing. Uni ehtiyotkorlik bilan, iliq suvda, yaxshisi sovunsiz yuvish zarur (agar yuzdan ketishi qiyin bo‘laversa, sovun ishlatish mumkin). Ba’zi niqoblarni esa oddiy salfetka bilan tozalab olish mumkin.
    Quyida esa ba’zi niqoblar retseptlari bilan tanishishingiz mumkin.
    1. Oq gildan niqob. U ajinlarni tekislaydi va yuzdagi teshikchalarni toraytiradi. Bir choy qoshiq kosmetik oq gilni shuncha miqdordagi asal va limon sharbati bilan aralashtiring. Uni darhol yuzga surib, 20 daqiqaga qoldiring.
    2. Gerkulesli niqob quruq teri uchun ayni muddaodir. 50 gramm suli yormasini blanderda maydalang, yarim stakan qaynoq sutga soling va bir choy qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiring. Yuzga surib, yarim soatga qoldiring.
    3. Xamirturushli niqob. Tez eruvchi drojjini sut yoki suvda eriting, hosil bo‘lgan massa quyuqligi smetananikiga o‘xshash bo‘lishi kerak. Unga bir osh qoshiq bodom yog‘i qo‘shing va yuzga uch qavat qilib suring va 20 daqiqaga qoldiring.
    4. Yog‘li yuzlar uchun qatiqli niqob mos tushadi. Bir choy qoshiq osh sodasini 50 ml iliq qatiqqa qo‘shing. Yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring.
    5. Quruq yuzga tuxum sarig‘i va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Buning uchun bitta tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq asal bilan aralashtiring va yuzga yarim soatga surib qo‘ying.

    25.11.2017, 00:57   Izoh (0)   246489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash usullari

    23.11.2017, 06:20

    Uzun sochlar uchun turmaklar (foto)

    20.11.2017, 18:53

    Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita

    16.11.2017, 15:29

    Ravshana Kurkova 37 yoshda 20 yoshli qizdek ko‘rinish sirlari bilan bo‘lishdi

    14.11.2017, 00:08

    Yuzni parvarish qilishda dermatologlar tavsiya qilmaydigan 4 vosita

    13.11.2017, 16:10

    Qanday qilib qo‘l terisini silliq va nafis saqlash mumkin?

    10.11.2017, 00:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.