Rim papasi Fransisk Italiyaning TV2000 telekanaliga bergan intervyusida ibodat chog‘ida ba’zan uxlab qolishini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bir necha bor ibodat payti uxlab qoldim. Shu tariqa o‘zimni Yaratganning qo‘lidagi chaqaloq kabi his etsam ajab emas”, — dedi papa.
80 yoshli Fransiskka ko‘ra, avliyo Terezada ham shunday odat bo‘lgan va u buni “xudo uni uxlagan payt suyishi” bilan izohlagan.
Izoh (0)