Los Angeles Times gazetasi Gollivudda maxfiylik to‘g‘risida qanday bitimlar tuzilishi mumkinligi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Misollardan biri sifatida u aktyor Leonardo DiKaprioning kompaniyasi — Greenhour Corp’ni keltirdi. Bu Xarvi Vaynshteyn va Kevin Speysining jinsiy tegajoqligi fosh etilishi bilan bog‘liq mojaro fonida sodir bo‘ldi.

Foto: Reuters

“Agar bir necha yil avval Leonardo DiKaprioning kompaniyasida ishlamoqchi bo‘lganingizda, aktyorning shaxsiy xavfsizligi, tinchlik-xotirjamligi va biznesi uchun muhim bo‘lgan hujjatni imzolashingizga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi”, — deb yozadi nashr.

Potensial xodimlardan DiKaprio haqidagi maxfiy ma’lumotlarni fosh qilmaslik hamda filmlar va boshqa loyihalarni ishlab chiqishda “haqoratli/noma’qul material”ning uzun ro‘yxatidagi birorta band bilan to‘qnash kelishga rozilik berishni so‘rashgan.

Bundan tashqari, go‘yoki, xodimlardan tegajoqlik, shaxsiy hayotga aralashish va ma’naviy zarar yetkazish kabi bir qator holatlar bo‘yicha DiKaprio yoki Greenhour’ni sudga berish huquqidan bosh tortishni talab qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik prodyuser Xarvi Vaynshteyn bir umrga Amerika prodyuserlar gildiyasidan chetlatildi. Bunga sabab yaqinda uning atrofida yuz bergan jinsiy tegajoqlik bilan bog‘liq janjallar bo‘lgan.