Amerikalik prodyuser Xarvi Vaynshteyn bir umrga Amerika prodyuserlar gildiyasidan chetlatildi. Bunga sabab yaqinda uning atrofida yuz bergan jinsiy tegajoqlik bilan bog‘liq janjallar bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Gildiyaning boshqaruv kengashi Xarvi Vaynshteynni chetlatish jarayonini boshlash uchun ovoz berdi. Shuningdek, unga appelyatsiya uchun 15 kun berilgan.
Gildiya prodyuser uchun umrbod taqiq kiritishga qaror qilganidan so‘ng uning o‘zi tashkilotni tark etgan. Mazkur masala yuzasidan qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Gildiya vakillari bu qarorni “beqiyos” deb atamoqda va Vaynshteyn atrofida yuz bergan janjallardan so‘ng mazkur masalaning jiddiyligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)