Amerikaning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida erkak kishi universitet kampusi hududida o‘t ochdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Yuta universiteti hududida bir kishi halok bo‘lganligini tasdiqlaymiz. Gumonlanuvchi qo‘lga olinmagan”, — deyiladi shahar politsiyasining Twitter’dagi bayonotida.
Mahalliy vaqt bo‘yicha 21:00 atrofida ta’lim muassasasi otishma haqida xabar berganligi ta’kidlanadi. Universitet rahbariyati talabalar va xodimlar orasida ogohlantirish tarqatib, xavfsiz joylarda qolish va ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.
Politsiya taxmin qilinayotgan jinoyatchi suratini chop etdi. Otishma ishi bo‘yicha 24 yoshli Ostin Buteyn qidirilmoqda. Politsiya u qurollangan va xavfli deb hisoblamoqda.
Izoh (0)