Chet tilini o‘rganish maqsadida siz ishtiyoq bilan ishga kirishasiz: bu jarayonning tezda ishga tushishi umidida kurslarga yozilasiz yoki repetitorga murojaat qilasiz. Va u haqiqatan ham ishga tushadi, lekin ko‘pincha ancha tez to‘xtab qoladi. Nima uchun?

Foto: Depositphotos

Motivatsiya

Chet tilini o‘rganish – bu jiddiy, odatdagi, davomli, eng boshidan kirishish kerak bo‘lgan ish hisoblanadi. Bu yerda hal qiluvchi rolni ichki motivatsiya o‘ynaydi: chet tili sizga imtihonni yaxshi topshirish, chet elda o‘qish, yuqori lavozimga ko‘tarilish, biznesdagi sheriklar bilan erkin muloqot qilish uchun kerak – sabablar turli xil bo‘lishi mumkin, lekin motivatsiyasiz sizning muvaffaqiyatga erishishingiz juda qiyin.

Ijobiy yondashuv

Ota-onalar bu mashg‘ulotlar uchun faqat pul to‘lash bilan chegaralanib qolmasdan, qiziqishning pasayishini o‘z vaqtida sezishlari uchun vaqti-vaqti bilan o‘qituvchi bilan suhbatlashib turishlari kerak.

Bolalarga imtihonni muvaffaqiyatli topshirgani uchun qandaydir mukofotlarni va’da qilish qiziqtiruvchi yaxshi omil bo‘lishi mumkin. Ayni holatdagi qiziqtiruvchi omil – bu pora berib sotib olish emas, balki motivatsiya va ijobiy yondashishni kuchaytirish usuli hisoblanadi.

O‘zini sog‘lom his qilish

Ahvolingizning yaxshi bo‘lishini saqlab qolishga harakat qiling, chunki bosh yoki tish og‘rig‘i bilan e’tiborni mashg‘ulotlarga qaratish qiyinroq bo‘ladi. Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin biroz dam oling, keyin ishga kirishing.

Chet tilida muomala qilishga qo‘rqmaslik

Ko‘pchilik odamlar, hatto chet tilida yomon gapirmaydiganlar ham ruhiy to‘siqni yengib o‘tib bu tilda gaplashishni boshlay olmaydilar – ular xato qilishdan va kulgili ko‘rinishdan qo‘rqadilar. Mutlaqo o‘rinsiz qo‘rquv!

Manba: “Layfxaker”