Sankt-Peterburg shahrining Admiralteyskiy tumanida politsiya xodimlari chet el fuqarosining avtomobilini o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonlik muhojirni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.spb.ru”.
Huquq-tartibot organlariga shahardagi Xitoy restoranlari tarmog‘i direktori bo‘lib ishlaydigan 34 yoshli Xitoy fuqarosi murojaat qilib, 15-apreldan buyon Stepan Razin ko‘chasidagi uy hovlisiga qo‘yilgan Chevrolet Klan avtomobili o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.
24-oktabr kuni tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida shu ko‘chada ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashovchi o‘zbekistonlik 32 yoshli erkak qo‘lga olindi. Hozircha u mamlakatni tark etmaslik haqidagi tilxat bilan ozodlikka chiqarildi.
Izoh (0)