Turkiyaning zirhli texnika ishlab chiqaruvchi Nurol Makina ve Sanayi AS kompaniyasi va O‘zbekistonning UzAuto korxonasi anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat O‘zbekiston hududida ming dona Ejder Yalçın 4x4 taktik zirhli mashinalarining ishlab chiqarilishini nazarda tutadi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
Memorandum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi doirasida imzolandi. Hujjat, shuningdek, zirhli mashinalarning boshqa davlatlarga sotilishini nazarda tutadi. Mashinalarning 24 donasi O‘zbekistonda qoladi.
Ta’kidlanishicha, Ejder Yalçın taktik zirhli mashinalari Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan muqobillari bilan raqobatlashishga qodir. Nurol Makina xalqaro bozorda raqobatbardoshligini isbotlab bo‘lgan.
Izoh (0)