Rossiya qurol-yarog‘lari partiyasining ekstremistlarga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida Filippinga yuborilishi AQShni xavotirga solmaydi, dedi Pentagon rahbari Jeyms Mettis. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Tailandga parvozi chog‘ida jurnalistlar bilan uyushtirilgan muloqotda Mettisdan Rossiya va Xitoydan Filippinga qurol yetkazib berilishini izohlashni so‘rashdi. Pentagon rahbari bundan xabardor ekanligini, ammo bu masala muhim ahamiyatga ega deb hisoblamasligini aytdi.
“Men bunga katta ahamiyat bermayman. Bir nechta yuk mashinalari mamlakatga terrorchilar bilan kurashda yordam berish uchun berilganini bilaman. Bunga alohida ahamiyat qaratmayman. Bu Filippinning suveren qarori”, — dedi u.
Avvalroq Rossiya Filippinga qurol-yarog‘, o‘q-dori va armiya yuk mashinalari kabi jangovar xususiyatga ega mahsulotlar partiyasini yetkazib bergan edi.
Izoh (0)