Huquq-tartibot xodimlari SSSR xalq artisti Armen Jigarxanyan rahbarligidagi Moskva dramatik teatriga tintuv bilan keldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tintuv doirasida buxgalteriya hujjatlari olinmoqda. Tintuvni kim o‘tkazayotgani va nima bilan bog‘liq ekanligiga aniqlik kiritilmadi.
Teatr direktorligi lavozimini yaqin vaqtgacha 82 yoshli Jigarxanyanning turmush o‘rtog‘i, 38 yoshli Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya egallab turgandi. 19-oktabr kuni u teatrni tark etishi va turmush o‘rtog‘i bilan ajralishini ma’lum qildi.
Jigarxanyan “NTV” telekanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘ini uning mol-mulki va teatrni egallab olishga urinishda aybladi. 25-oktabr, chorshanba kuni esa teatr binosida pasporti o‘g‘irlangani yuzasidan politsiyaga shikoyat qildi, shundan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)