K-1 ustasi Anvar Boynazarov 28-noyabr kuni Glory47 doirasida jang qiladi. Bu yo‘lda o‘zbekistonlik sportchi Fransiyaning Lion shahriga yetib kelgani haqida “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Boynazarov Tailand va Malayziyada bo‘lajak janglar uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Shanba oqshomida unga fransiyalik mashhur sportchi Fabio Pincha raqiblik qiladi. Mazkur jangning rasmiy posterlari allaqachon Lion ko‘chalariga ilib qo‘yilgan.
Tushuntirish uchun. Aralash janglar san’atida eng yuqori liga UFC hisoblansa, muaytaychilar uchun Glory mana shunday ahamiyat kasb etadi, deb yozdi “Olamsport” nashri. K-1 yakkakurashlarning bir qator turlari, jumladan, tayboks, kikboks, taekvondo kabilarning umumlashmasidan tashkil topgan sport turidir. Glory esa mavqe jihatidan barcha turnirlarni ortda qoldiradi. Unda gonorar miqdori ham qolgan musobaqalardan ancha katta bo‘ladi.
Anvar Boynazarovning ko‘rsatkichi — 90-22-2 KO 52. Ya’ni, u ortda qolgan 114 ta jangining 90 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 22 tasida mag‘lub bo‘lgan va 2 bor durang qayd etgan. G‘alaba bilan yakuniga yetgan 90 ta jangining 52 tasini muddatidan avval erishilgan nokaut bilan tugatgan.
Izoh (0)