Firdaws modalar uyining boshqaruvchi, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat o‘zining kiyimlar to‘plamini namoyish etdi. To‘plam “Tog‘ marvaridi” deya nomlandi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ko‘rgazma Mercedes Benz Fashion Week Russia haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. “Tog‘ marvaridi” to‘plamidan 47 ta shifon, ipak, shuningdek, barxatdan tayyorlangan ko‘ylaklar joy oldi.
Kiyimlarning ayrimlari keng etak va yengga ega. Shuningdek, modellar obrazini boshlaridagi ipak ro‘mollar bezab turdi.
Izoh (0)