Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘zini normal odamdek tutishga harakat qiladi, biroq internet foydalanuvchilarining ko‘pchiligi Sukerberg aslida o‘zini odamdek ko‘rsatib yurgan o‘zga sayyoralik reptiloid ekanligiga ishonadi. Meduza konspirologlar bu borada qanday “dalillar” keltirishi va bu haqda Sukerbergning o‘zi nima deyishi haqida hikoya qiladi.
Cyber Violence 18-oktabr kuni Twitter’ga Mark Sukerbergning eski chiqishidan bir lavhani joyladi. Unda Sukerberg kulgili izoh beradi: “... bu sizni tashvishlantiradi, chunki siz odamsiz. Men ham odam edim. Hozir ham odamman. Shunchaki, odam emasligim haqida emas, o‘zim haqimda o‘tmishda gapirdim”.
Albatta bu hazilga o‘xshaydi; biroq internet foydalanuvchilar doim Sukerbergdan Facebook asoschisi odam emasligi haqidagi nazariyasini tasdiqlovchi nimalardir topishadi. Masalan, Sukerberg 2016-yilning oxirida ko‘rsatgan “aqlli uy” to‘g‘risidagi rolikda uning tosterdan tayyor tostni olib, uni yeyishi tasvirlangan sahna bor.
Buning nimasi g‘ayrioddiy? Uning nonni qanday yeyishi!
“Sukerberg tosterdan bitta tostni oladi, uning likopchasida ikki bo‘lak non paydo bo‘ladi. Hattoki, tost yeyish uchun ham Sukerbergga bir nechta dubl kerak bo‘ldi”, — deb yozadi bu lavha haqida The Poke. Unga izoh qoldirganlar u nonni noto‘g‘ri tomonidan yeyishi va uni chaynaganda og‘zini yopmaganligiga urg‘u beradi.
Sukerberg butun 2017-yil davomida AQSh hududi bo‘ylab sayohat qildi. U odamlar bilan uchrashadi va bu haqda Facebook’da hikoya qiladi (biroq shu tarzda mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini inkor qiladi).
Bularning barchasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida shubha uyg‘otadi. Ba’zilar Sukerberg odamga o‘xshab ko‘rinishga harakat qilayotganiga ishonadi va uning nomidan “haqiqiy” postlar yozadi.
“Salom, men Mark Sukerbergman, menga oddiy odam kabi oqsil birliklarini ozuqaviy moddalar bilan to‘yintirish yoqadi”.
“Bu suratlarda odam do‘stlarim bilan insonlarga xos ko‘p sonli mashg‘ulotlardan biri bilan shug‘ullanayotganimiz aks etgan”.
“Bu suratda oq futbolka kiygan, yuzida tuklari bor ikki odam zoti bilan steyklarni muhokama qilayapman. 8,32 dollarga monetar tranzaksiya o‘tkazilib, 4 daqiqa-yu 32 soniya kutganimdan so‘ng iltifotli odam Jondan tayyor buqa go‘shtini oldim. Hayvon go‘shti issiq edi”.
Nihoyat, Sukerbergning oyoqlari ham shubha uyg‘otadi — ular (harholda bir nechta suratda) boshqa tomonga bukiladi!
Suratga izoh: “Sukerbergning oyoqlari boshqa tomonga bukiladi. Reptiloidlar uni yig‘ishda adashgan”.
“Ko‘pchiligingiz kabi oddiy ishlar — masalan, telefonimni o‘rganish yoki arqon yordamida kuchugimni sudrash davomida odamlarga xos oyoqlarimda u yoq-bu yoqqa yurishni yaxshi ko‘raman”.
Ba’zilarga hech qanday isbot kerak emas — ular shunchaki Sukerberg odam emasligiga ishonadi.
“Mark Sukerberg — barchamizda bo‘lgani kabi ichki organlarga ega odam ekanligiga hech qachon ishontira olmaysiz”.
Mark Sukerbergning o‘zi bu haqda qanday fikrda? U 2016-yilning iyunida Facebook’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya o‘tkazdi. Unda izohlarda qoldirilgan savollarga javob bera turib, o‘zining reptiloidlarga aloqasini inkor qildi.
“Mark, siz aslida reptiloid ekanligingiz haqidagi mulohazalar mavjud, — deb o‘qiydi Sukerberg translyatsiya davomida. — Hm... Aytmoqchimanki, aytmoqchimanki ‘yo‘q’. Reptiloid emasman”. U asabiy ko‘rinardi va bu savolni “juda be’mani” deb atadi.
https://www.facebook.com/zuck/videos/10102895343490231/
Sukerbergning yuqoridagi savolga javobi 08:00 ko‘rsatkichidan boshlanadi.
Izoh (0)