Milanning “Inter” klubi A seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. Chempionatning 10-turini aynan Luchano Spaletti jamoasi boshladi va “Sampdoriya”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalgi turda “Inter” yo‘qotishlarsiz kelayotgan “Napoli”dan ochko tortib olib, 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Shu tariqa Milan shahri jamoasi 10 ta turda 26 ochko to‘plab, o‘z rekordini takrorladi. Jamoa 1997/98-yilgi mavsumda ham 10 ta turda 26 ochko to‘plashning uddasidan chiqa olgan.
“Inter” navbatdagi 5 turni chempionlik uchun kurashishi tahmin qilingan klublarga qarshi emas, o‘rtamiyonalarga qarshi o‘tkazadi. Demak, jamoada rekordni yangilash uchun imkoniyatlar yetarlicha.
Milan shahri jamoasi bungacha “Fiorentina” (3:0), “Roma” (3:1), “Milan” (3:2) kabi yetakchilarini taslim qila oldi. “Napoli” bilan esa golsiz durang o‘ynadi. Spaletti jamoasi amaldagi chempion “Yuventus” bilan 10-dekabr kuni to‘qnash keladi.
Italiya A seriyasi 10-tur bellashuvlari 24-oktabr, seshanba
“Inter” — “Sampdoriya” 3:2
Gollar: Milan Shkrinyar, 18 (1:0). Mauro Ikardi, 32 (2:0). Mauro Ikardi, 55 (3:0).David Kovnatski, 64 (3:1). Fabio Kvalyarella, 85 (3:2).25-oktabr, chorshanba“Atalanta” — “Verona” — 21:30 Sport-TV“Roma” — “Krotone” — 23:45“Yuventus” — “Spal” — 23:45 Sport-TV“Jenoa” — “Napoli” — 23:45“Fiorentina” — “Torino” — 23:45“Kyevo” — “Milan” — 23:45“Bolonya” — “Latsio” — 23:45
Izoh (0)