AQSh, Rossiya va Xitoy koinot chiqindilari bo‘yicha “rekordchi” davlatlar sanaladi. Bu haqda Business Insider ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Nashr manbalariga ko‘ra, Yer orbitasida 14 mingdan ortiq raketa bo‘laklari va boshqa yirik koinot chiqindisi uchib yuribdi. Bundan 3999 bo‘lak AQSh, 3961 tasi Rossiya va 3475 tasi Xitoyga tegishli.
Ekspertlar yaqin koinotning ifloslanishi “Kessler sindromi” — orbitada chiqindi ko‘pligi tufayli sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa koinot qurilmalarini joylashtirish imkoni bo‘lmasligiga olib keladi, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)