“365info.kz” nashri Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekovning oilasi haqida ma’lumot to‘pladi.
Jeenbekovning rafiqasining ismi Oygul. U omma oldiga juda kamdan-kam chiqadi, deyiladi xabarda.
Siyosatchining qiziga esa jamoatchilik ancha kattaroq qiziqish bildiradi. Baxtigul — Boris Yelsin nomidagi Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universiteti talabasi. U deputat Aliyorbek Abjaliyevning o‘g‘li Otabekka turmushga chiqqan.
Baxtiguldan tashqari, Jeenbekovlarning bir o‘g‘li, shuningdek, Aliskar ismli nevarasi ham bor.
Sooronbay Jeenbekovning o‘zi ko‘p farzandli oilada tug‘ilgan, oilada naq o‘n farzand bo‘lgan.
Izoh (0)