Buyuk Britaniya qirg‘oqlariga 16-oktabr kuni “Ofeliya” to‘foni yopirildi. To‘fon “so‘nggi 50 yil ichidagi eng yomon tabiat hodisasi” deb atalmoqda. Uning oqibatlaridan biri Buyuk Britaniyaning ko‘plab shaharlari, shu jumladan London osmonida aks etdi — osmon sariq rangga kirdi. TJournal ana shu g‘aroyib manzara aks etgan suratlarni taqdim etdi.
Britaniyaliklar tomonidan Twitter’da yozilgan eng ommabop teglar ro‘yxatiga ko‘ra, foydalanuvchilar bu manzarani “Telba Maks” filmi, dunyoning oxiri va “Yulduzlar jangi”dagi Tatuin sayyorasi manzaralari bilan taqqoslamoqda.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa kelib chiqishiga havo oqimi Sahro cho‘lidan uchirib kelgan qumlar va Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida paydo bo‘lgan tutunlar sabab bo‘lgan.
Izoh (0)