Kembrij gersoginyasi Ketrin Londondagi Paddington stansiyasining platformasida o‘tkazilgan xayriya tadbiri vaqtida ingliz ertaklarining qahramoni Paddington ayig‘i bilan raqsga tushdi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, shahzoda Uilyamning rafiqasi uchinchi farzandini kutmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Shahzoda Garri hamda uning akasi Uilyam gersoginya bilan birga qirollik oilasi tomonidan moliyalashtiriladigan xayriya tadbirida bolalar bilan ko‘rishishdi. Bolalar poyezd orqali ingliz mahalliy qishloqlariga sayohat qilishlari kerak. Shuningdek, tadbirga noyabr oyida ekranlarga chiqishi kutilayotgan Paddington ayig‘i borasidagi yangi filmning aktyorlari ham tashrif buyurdi.
Paddington ayig‘i hamda Kembrij gersoginyasi Ketrin
Paddington ayig‘i hamda aktyor Xyu Bonnevill
Kembrij gersoginiyasi Ketrin xayriya tadbiri vaqtida poyezd vagoni ichida
Shahzoda Garri
Qirollik oilasi vakillari
Izoh (0)