Avvalroq YTH oqibatida halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 14 nafarining shaxsi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: TIV Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning ismlarini e’lon qildi
Qayd etish joiz, ahvoli og‘irligi sabab hozircha Rossiyada qoldirilgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi orasida Mirshod Mirzoyevning otasi — 1974-yilda tug‘ilgan Mirjon Latipov Mirzoyevich ham bor.
“Rossiyaning tegishli organlari 16-jasad shaxsi va fuqaroligini aniqlash ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi TIV axborotida.
Ma’lumot uchun, YTH oqibatida 16 o‘zbekistonlikdan tashqari bir nafar Qozog‘iston fuqarosi ham halok bo‘lgan.
Izoh (0)