Yaponiyani taslim qilib, JCh—2018 chiptasiga ega chiqqan va guruhda Avstraliyani qoldirib ketgan Saudiya Arabistoni o‘rtoqlik o‘yinida Yamaykani mag‘lub etdi — 5:2.
Toshkentda gol o‘tkazmagan Janubiy Koreya, Moskvada darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi
Yamayka KONKAKAF mintaqasi saralashini muvaffaqiyatsiz yakunlagandi. Bu mintaqada hozircha Meksika va Kosta-Rika termalari Rossiya—2018 ga yo‘l oldi. Uchinchi yo‘llanma uchun AQSh, Gonduras va Panama o‘zaro kurash olib bormoqda. To‘rtinchi pog‘ona egasi Avstraliya — Suriya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.Saudiya termasi Yamaykaga qarshi to‘rtinchi bor o‘ynadi. Avvalgi uch bellashuv ham o‘rtoqlik maqomida bo‘lgan. 1998-yil ular 0:0 hisobiga imzo chekkan bo‘lsa, 1999-yilning 13-iyul kuni Yamayka 2:1 hisobida ustun kelgan. Ikki kundan so‘ng o‘tgan takroriy o‘yinda saudiyalik futbolchilar raqib postiga javobsiz 4 ta gol urgan.
Izoh (0)