JCh—2018 saralashining Andorraga qarshi kechgan o‘yinida gol urgan Krishtianu Ronaldu, Portugaliya uchun kiritgan to‘plarini 79 taga yetkazib oldi.
Bu jahon miqyosida uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘z vaqtida Zambiya safida to‘p surgan Godfri Chitala ham vatani jamoasi uchun 79 ta gol urgandi. Ronalduda undan o‘zib ketish uchun yaxshi imkoniyat bor.
Biroq peshqadamga aylanish uchun biroz erta. Buning uchun Krishtianu Ronaldu Portugaliya uchun yana 30 ta gol urishi kerak bo‘ladi. Eronlik Ali Dayi jahonda tengsiz ekani bilan ajralib turadi. U forslar uchun jami 109 ta gol urgan hujumchidir.
Vengriyalik Ferents Pushkash 84 ta gol bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, Krishtianu Ronaldu JCh—2018 yakuniga qadar Pushkashdan o‘zib ketishi katta ehtimol.
U hozirgacha JCh saralashlarida 15 ta gol urgan Yevropaning ikki futbolchisidan biri, ikkinchisi polshalik Robert Levandovski. Qayd etish kerak, faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar statisikasi borasida Ronaldu yaqqol peshqadam.
Iroqlik Xusayn Said 78 ta gol bilan ro‘yxatda beshinchi, futbol qiroli sifatida tan olingan braziliyalik Pele esa 77 ta gol bilan oltinchidir.
Izoh (0)