Lablarda ko‘plab qon tomirchalari va asab tolalari joylashgan. Uning terisi juda yupqa bo‘lib, u yerda yog‘ bezlari va yog‘li qatlamlar yo‘q. Aynan shuning uchun lablar juda nozik bo‘ladi.

Foto: “Colady.ru”

Nima uchun lablar yoriladi?

Sovuq havo

Sovuq havo ta’sirida labdagi tomirlar qisiladi va uning yuzasini oziqlantirmay qo‘yadi. Agar og‘iz yopilmasa va maxsus kosmetika yordamidan foydalanilmasa, sovuq lablar terisining yuqori qavatidagi namlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning yo‘qolishi natijasida nozik teri quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Issiq havo

Issiq havo qon tomirlarini qisqartirmasa ham, organizmning umumiy suvsizlanishiga olib keladi. Namlikning yetishmasligi nozik terining mo‘rtligini oshiradi va lablarning yorilishiga sabab bo‘ladi.

Infeksiya

Lablarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan infeksiya — labdagi shamollash deb ataluvchi oddiy gerpes virusi hisoblanadi. Agar baterial infeksiya qo‘shilmasa bunday shamollash muammosiz kechadi.

Ba’zi hollarda esa lablar zamburug‘li infeksiya — kandidoz tufayli yoriladi.

Infeksiyani davolashingiz bilan lablardagi yorilishlar ham yo‘qoladi.

Yorilgan lablarni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Agar lablar quruqshab qolgan bo‘lsa, yoqimsiz alomatlar o‘tib ketishi uchun biroz parvarish qilish kerak.

Birinchidan, lablarni tishlamaslik yoki terining dag‘al bo‘lakchalarini uzib tashlamaslik kerak. Bu holda biz terini battarroq shikastlaymiz va quruqlashishini uzaytiramiz.

Ikkinchidan, lablarni maxsus balzamlar yoki pomadalar yordamida namlang.

Uchinchidan mum, vazelin asosida tayyorlangan tabiiy va juda oddiy vositalardan foydalaning. Tarkibi qancha ko‘p aralashmalardan iborat bo‘lsa, bu balzamning aynan sizga to‘g‘ri kelmaslik ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.

Manba: “Omaske.ru”