Filippin va AQSh muntazam qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qaytadan boshlashga kelishib oldi. Ular 2016-yili to‘xtatilgan edi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Filippin qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Eduardo Ano AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari Garri Xarris bilan Gavayida uchrashuv o‘tkazib, uning yakunlariga ko‘ra 2018-yili harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini bildirdi.
O‘quvlar chog‘ida aksilterror choralari, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda bosqindan mudofaa mashq qilinadi.
Izoh (0)