2017-yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda atrof-muhitni muhofaza qilish va BMT doirasida qabul qilingan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi”ni amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Izoh (0)